Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida viloyat basketbol federatsiyasi bilan hamkorlikda seminar tashkillandi.
Joriy yilning 26-mart kuni institutning Fargʻona filialida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan sport pedagogik mahoratini oshirish amaliy darsida Basketbol, Stridbolga yangi kiritilgan oʻyin qoidalari mavzusida Fargʻona viloyat basketbol federatsiyasi hamkorligida seminar oʻtkazildi.
Seminarda filial “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri v.b. professor D.Norkulov, Fargʻona viloyat basketbol federatsiyasi rahbari D.Djahonov, Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi X.Madaminov, kafedra professor-oʻqituvchilari hamda “Sport turlari boʻyicha trenerlar” yoʻnalishi “Basketbol” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi. Seminar davomida basketbol va stridbolga yangi kiritilgan oʻyin qoidalari toʻgʻrisida mutaxassislar tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.


