Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida tinglovchilar uchun mahorat darsi tashkillandi.
Joriy yilning 17-sentabr kuni Fargʻona filialida "Jismoniy tarbiya yo'riqchilari" malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Jismoniy tarbiya yoʻriqchisining kompetensiyalari” mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Mahorat darsida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi E. Abdullayev kompetensiya – bu shaxsning bilim, koʻnikma, malaka, qadriyatlar va tajribani birlashtirgan holda faoliyatni samarali amalga oshirish qobiliyati ekanligini, bugungi kunda innovatsion pedagogik texnologiyalarni bilish, sogʻlomlashtiruvchi dasturlarni ishlab chiqish, zamonaviy sport jihozlari va vositalaridan foydalanish, xalqaro tajribalarni oʻrganib, amaliyotga tatbiq etish talab etilishi haqida aytib oʻtdi.


