Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida tinglovchilar ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2025-yil 19-iyuldagi U 64-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 8-iyulda oʻtkazilgan Hayʼat yigʻilishi bayoni mazmunini tinglovchilarga yetkazish maqsadida Fargʻona filialida davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatida filial direktori A.Tishabayev, direktor oʻrinbosari v.b. O.Qambarov, “Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi boshligʻi X.Madaminov, “Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish” boʻlimi boshligʻi M.Hamraliyeva hamda sentabr oyi tinglovchilari ishtirok etdi.

