Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida terma jamoa treneri ishtirokida mahorat darsi tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan 2024-yil 7-iyun kuni sportning yengil atletika turi boʻyicha yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Alisher Karimov Xudaybergenovich, sport turlari boʻyicha trenerlar “Yengil atletika” guruhi hamda kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Yengil atletikada tiklanish jarayonining nazariy va amaliy asoslari” mavzusida mahorat darsi tashkillandi.
Mahorat darsida tinglovchilarga yengil atletikada tiklanish jarayoni sportchilarning jismoniy mashgʻulotlardan keyin toʻliq qayta tiklanishi uchun zarur boʻlgan jarayonlar toʻplamini anglatishi hamda bu jarayon sportchilarning sogʻligʻini saqlash, jarohatlardan qochish va optimal sport natijalariga erishish uchun muhim ekanligi aytib oʻtildi.