Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida test sinovlari boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 1-fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida test sinovlari boʻlib oʻtdi.
“Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti v.b. f.f.b.f.d.(PhD) U.A.Azimov mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari boʻyicha tuzilgan test sinovini oʻtkazishning maqsadi va vazifasi shaxsda siyosiy ong hamda siyosiy savodxonlikni oshirish ekanligini aytib oʻtdi.



