Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida seminar-trening tashkillandi
Joriy yilning 6-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Shaxsni oʻz-oʻzini anglash” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi. Psixologik treningni Fargʻona davlat universiteti psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi Yuldasheva Maxliyo Baxtiyorovna olib bordi. 
“Shaxsni oʻz-oʻzini anglash” mavzusidagi seminar-treningda sport turlari boʻyicha trenerlar “Basketbol” yoʻnalishi tinglovchilari  hamda  “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta o'qituvchisi Sh.Qurbonova qatnashdilar. Seminar treningda “Munosabatlar darajasi”, “Vaziyatlar”, “7 chiziq” mashqlaridan foydalanildi.