Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida seminar-trening oʻtkazildi
Joriy yilning 17-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Shaxsni oʻz-oʻzini anglash” mavzusida seminar trening boʻlib oʻtdi. Psixologik treningni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Sh.Kurbonova olib bordi.
“Shaxsni oʻz-oʻzini anglash” mavzusidagi seminar treningda sport turlari boʻyicha trenerlar “Basketbol” yoʻnalishi tinglovchilari qatnashdilar. Seminar treningda “Oʻz oʻrningni top”, “Diqqatni jamlovchi”, “Xotirani rivojlantiruvchi”, “Juftingni top” mashqlaridan foydalanildi.


