Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida seminar-trening boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 19-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Fargʻona davlat universiteti “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori Sh.X.Xankeldiyev ishtirokida “Jismoniy tarbiya fanini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” borasidagi seminar-treningi boʻlib oʻtdi. Unda filial "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasi mudiri N.Yuldasheva, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi mudiri dotsent Q.Nazirov hamda kafedralar professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi.
Seminarda Sh.Xankeldiyev jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy takomillashtirish borasidagi fikr mulohazalarini amaliy ravishda koʻrsatib berdi.



