Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 8-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida  “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan oʻqitishni tashkil etish” boʻlimi tomonidan yanvar oyi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilariga filial masofaviy taʼlim platformasi hamda institutning tinglovchilar bilimlarini mustahkamlashi uchun yaratilgan onlayn test tizimi haqida onlayn davra suhbati tashkillandi. 
Ushbu onlayn davra suhbatida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.