Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida oʻquv jarayoniga malakali sport mutaxassislarini jalb qilgan holda mahorat darslari va davra suhbatlari tashkillash maqsadida joriy yilning 17- oktabr kuni oktabr oyi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan Andijon sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirgan sport maktabi treneri Temirov Toirjon Teshabayev “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti Orzubek Qambarov, Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi X.Madaminovlar ishtirokida “Yengil atletikada yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va koʻpkurash turlarining texnik va taktik harakatlarini oʻrgatish” mavzusida onlayn davra suhbati oʻtkazildi.
