Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” mavzusida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Davra suhbatiga Fargʻona davlat universiteti "Oʻzbekiston tarixi" kafedrasi oʻqituvchisi A.Baxritdinovich tashrif buyurdi va ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.
Shuningdek davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyulda imzolangan «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoniga alohida eʼtibor qaratildi.


