Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida ochiq dars tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida joriy yilning 25-oktabr kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Q.Mamajonov tomonidan “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishi tinglovchilariga “Sportda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” modulidan “Internet xizmatlaridan foydalanish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Oʻtkazilgan ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar qatnashib, tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Ochiq darsda interfaol metodlardan samarali foydalangan holda tinglovchilarning faolligi oshirildi.



