Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida ochiq dars mashgʻuloti tashkillandi

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Fargʻona  filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy- ilmiy fanlar” kafedrasi  dotsenti M.B.Yuldasheva tomonidan joriy yilning 14-fevral kuni “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishining “Erkin kurash” guruhi tinglovchilariga  “Sportchining individual-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi  “Ochiq dars” mashgʻuloti boʻlib  oʻtdi.