Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida oʻquv seminari tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida 2024-yil 5-iyun kuni filialning viloyat OTMlari bilan oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlarda tuzilgan oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha Fargʻona davlat universiteti “Xarbiy ta'lim” kafedrasi oʻqituvchisi X.Mirzakarimov bilan hamkorlikda “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “5-iyun Jahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni” mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi. Seminarni filial “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.E.Yuldasheva ochib berdi.

