Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida oʻquv seminari tashkillandi.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida 2024-yil 22-aprel kuni filialning viloyat OTMlari bilan oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlarda tuzilgan oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha Fargʻona davlat universiteti “Xarbiy ta'lim” kafedrasi oʻqituvchisi X.Mirzakarimov bilan hamkorlikda “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Gidrometeorologik xаvfli hodisаlаr” mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi. Seminarni filial “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.E.Yuldasheva ochib berdi.