Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida oʻquv adabiyotlari taqdimoti oʻtkazildi
Joriy yilning 15-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali direktori A.Tishabayev tomonidan tayyorlangan “Professionаl tаʼlim sohаsidа dаvlаt siyosаti” nomli darsligi, “Yangi Oʼzbеkistоnda taraqqiyоt stratеgiyasi” nomli oʻquv qoʻllanmasi hamda direktor oʻrinbosari B.Bekov tomonidan tayyorlangan "Sport pedagogik mahoratini oshirish (Futbol)" nomli oʻquv qoʻllanmasi hamda filial professor-oʻqituvchilari Yu.Maxmudov, N.Yuldasheva, D.Norqulov, Sh.Qurbonovalar tomonidan tayyorlangan turli oʻquv qoʻllanmalari taqdimoti oʻtkazildi.
Taqdimotda filial rahbariyati, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilari va xodimlari qatnashdilar hamda ushbu tayyorlangan oʻquv adabiyotlari bilan yaqindan tanishib, oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.


