Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari, sport faxriylari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali yanvar oyi “Boks” guruhi tinglovchilari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozlari Muhammadqodir Abdullayev, Ziyatdinbek Toyg‘onbayev hamda To‘lqin Turg‘unovlar tomonidan davra suhbati tashkillandi.
Unda Fargʻona filialining “Boks” guruhi tinglovchilari hamda filial direktori A.Tishabayev, “Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring” bo‘limi boshlig‘i M.Hamraliyeva, Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Madaminovlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida tinglovchilar faol ishtirok etdi hamda ular kasbiy faoliyatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tajribali mutaxassislardan to‘liq javob oldilar. Mutaxassislar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi.


