Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda

Joriy yilning 27-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yillik ish rejasi ijrosini taʼminlash, nufuzli xalqaro musobaqa va jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, oʻzaro muloqotlar tashkillash maqsadida Boks boʻyicha 2 karra Olimpiyada chempioni, jahon chempioni, uch karra Osiyo chempioni, oʻzbek professional bokschisi Hasanboy Doʻsmatov ishtirokida davra suhbati tashkillandi.

Davra suhbatida H.Doʻsmatov filial tinglovchilariga oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi hamda ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.