Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda…
Joriy yilning 10-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yillik ish rejasi ijrosini taʼminlash, Olimpiada, nufuzli xalqaro musobaqa va jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, oʻzaro muloqotlar tashkillash maqsadida Parij-2024 Olimpiyada o'yinlarining boks bo'yicha oltin medali sohibi Lazizbek Mullajonov ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Davra suhbatida L.Mullajonov filialning "Sport turlari boʻyicha trenerlar" malaka oshirish kursi, "Boks" guruhi tinglovchilariga oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi hamda ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.


