Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda…

Joriy yilning 28-may kuni O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yillik ish rejasi ijrosini taʼminlash, Olimpiada, nufuzli xalqaro musobaqa va jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, oʻzaro muloqotlar tashkillash maqsadida Pekin-2008 Olimpiyada o'yinlarining dzyudo bo'yicha kumush medali sohibi Abdulla Tangriyev ishtirokida onlayn davra suhbati tashkillandi. 
Onlayn davra suhbatida Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring boʻlimi boshligʻi X.Madaminov hamda may oyi “Dzyudo” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.