Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda…

Joriy yilning 21-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yillik ish rejasi ijrosini taʼminlash, nufuzli xalqaro musobaqa va jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, oʻzaro muloqotlar tashkillash maqsadida Stol tennisi boʻyicha Jahon chempioni Nilufar Sotvoldiyeva  ishtirokida "Stol tennisi boʻyicha mashgʻulotlarni tashkillash va oʻtkazish" mavzusida  mahorat darsi o'tkazildi.