Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda…

Joriy yilning 7-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yillik ish rejasi ijrosini taʼminlash, Olimpiada, nufuzli xalqaro musobaqa va jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, oʻzaro muloqotlar tashkillash maqsadida Parij-2024 Olimpiyada o'yinlarining boks bo'yicha oltin medali sohibi Lazizbek Mullajonov hamda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”, “Oʻzbekiston iftixori”  faxriy unvonlari sohibi, professional bokschi Sherzod Xusanov ishtirokida davra suhbati tashkillandi.