Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yillik ish rejasi ijrosini taʼminlash, nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, davra suhbatlari, oʻzaro muloqotlar tashkillash maqsadida Farg‘ona shahar Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabidad Badiiy gimnastika bo‘yicha sport ustasi Latipova Nigora Isaqovna ishtirokida “Yurish, yugurish, sakrash va raqs qadamlari” mavzusida mahorat darsi tashkillandi.
Mahorat darsida N.Latipova filialning “Gimnastika sport turlari” guruhi tinglovchilariga oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi hamda ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.