Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yillik ish rejasi ijrosini taʼminlash, nufuzli xalqaro musobaqa va jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, oʻzaro muloqotlar tashkillash maqsadida Erkin kurash boʻyicha jahon chempioni, sport ustasi Yusupov Eskender Remziyevich ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Davra suhbatida E.Yusupov filial tinglovchilariga oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi hamda ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.