Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda
Joriy yilning 22-may kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialiga Oʻzbekiston faxri boʻlgan bokschilar  Muhammadqodir Abdullayev va Oʻtkirbek Haydarov tashrif buyurdi.
Ular filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, maxsus jihozlangan ma’naviy-ma’rifiy, sport hamda boshqa turdagi jihozlangan xonalar, filial faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 
Filial rahbariyati ishtirokida muloqot tashkillanib, malaka oshirish kursi “Boks” guruhi tinglovchilari uchun mahorat darslari va seminarlar tashkillashda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.