Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida Navroʻz shukuhi ostida sport musobaqalari va bellashuvlar oʻtkazildi.
Navroʻz shukuhi ostida tashkil etilgan sport musobaqalarida “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar. Ular oʻz mahoratlarini sportning bir necha yoʻnalishlarida sinovdan oʻtkazdilar. Xususan, futbol, voleybol, darts, stol tennisi hamda tosh koʻtarish boʻyicha qizgʻin bahslar boʻlib oʻtdi.
Har bir musobaqa nafaqat ishtirokchilarga sport zavqini baxsh etdi, balki jamoaviylik, bardoshlilik va mahoratni oshirishga xizmat qildi. Bayramona kayfiyatda oʻtgan bu musobaqalar Navroʻzning umumxalq birligi va quvonch ruhini ham aks ettirdi.




