Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida Navroʻz bayrami munosabati bilan sport musobaqalariga start berildi. Musobaqalar Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlandi.

 

Navroʻz bayrami munosabati bilan joriy yilning 20-mart kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida "Navroʻz — bahor nafasi, sport — sogʻlom hayot asosi!" shiori ostida sport musobaqalariga start berildi. 
Bayramona tadbir Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangrashi bilan tantanali ravishda boshlandi. Shundan soʻng, filial direktor oʻrinbosari v.b. O.Qambarov musobaqalar tartib-qoidalari hamda baholash mezonlari bilan tanishtirdi.