Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida navbatdan tashqari yigʻilish tashkil etildi.
Joriy yilning 11-dekabr kuni kuni Fargʻona filialida navbatdan tashqari yigʻilish tashkillandi. 
Yigʻilishda:
 Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2023-yil 2-dekabrdagi U-127-sonli, 2023-yil 4-dekabrdagi U-128-sonli  buyruqlar ijrosini taʼminlash;
 oʻquv jarayonini tashkil etishda zamonaviy ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda taʼlim sifatini oshirish;
2024-yil uchun oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejasini tayyorlash;
ochiq darslar, ilmiy seminarlar, ilmiy uslubiy seminarlar, mahorat darslari va davra suhbatlarini tashkil etish;
kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan zarur tavsiya, koʻrsatmalar berildi va yigʻilish yakunida turli masalalar muhokama qilindi.