Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida navbatdagi onlayn ochiq dars tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi va ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti L.M.Begimqulovaning “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish yoʻnalishi “5-guruh” tinglovchilariga “Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlar” moduli boʻyicha “Oʻzbekiston strategiyasi –taraqqiyot asosi” mavzusidagi ochiq darsi boʻlib oʻtdi.


