Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.
Joriy yilning 15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi va ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Q.M.Mamajonovning “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishi “Gimnastika sport turlari” guruhi tinglovchilariga “Sportda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” moduli boʻyicha “Sportda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” mavzusidagi ochiq darsi boʻlib oʻtdi.


