Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida navbatdagi kompyuter savodxonlik darsi tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar ishtirokida navbatdagi kompyuter savodxonlik darsi tashkillandi. 
Sohada zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ish faoliyatda zarur boʻlgan MS Word, Excel, Power Point dasturlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarni yanada oshirish maqsadida  filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Q.Mamajonov amaliy tarzda koʻrsatma va tavsiyalar berdi. 
Shuningdek, Q.Mamajonov yigʻilganlarga sohaga oid axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari haqida soʻz yuritdi.