Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali  professor oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.  Jumladan, joriy yilning 12-iyun  kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi  R.Oʻrinov tomonidan “Amaliy xorijiy tilni oʻrganishning intensiv usullari” modulidan  “Sport turlari boʻyicha trenerlar” yoʻnalishi, "Basketbol" guruhi tinglovchilariga “The most popular sports and champions in the world” mavzusidagi namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.