Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali  professor oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.  Jumladan, joriy yilning 7-iyun  kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedra dotsenti  R.Ahmadaliyev tomonidan “Sport nutritsiologiyasi” modulidan  “Sport turlari boʻyicha trenerlar” yoʻnalishi, "Basketbol"  guruhi tinglovchilariga “Yillik mashgʻulot siklining turli bosqichlarida sportchilarning oʻzgarishini tashkillashtirish” mavzusidagi namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.