Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali  professor oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.  Jumladan, joriy yilning 15-aprel  kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi  mudiri  Yuldasheva N.E. tomonidan “Trenerning  professional kompetentligi va mahorati” modulidan “Sport turlari boʻyicha trenerlar” yoʻnalishi, "Boks"  guruhi tinglovchilariga “Trenerning tayanch kompetensiyalari” mavzusidagi namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.