Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali  professor oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.  Jumladan, joriy yilning 11-mart  kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professori Temirov N.S. tomonidan “Trener-oʻqituvchining professional kompetentligi va mahorati” modulidan  “Sport turlari boʻyicha trenerlar” yoʻnalishi, Dzyudo guruhi tinglovchilariga “Sport turlari boʻyicha trener faoliyatining vazifalari” mavzusidagi namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.