Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 15-noyabr kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Yuldasheva N.E. tomonidan “Trener-oʻqituvchining professional kompetentligi va mahorati” modulidan “Sport turlari boʻyicha trenerlar” yoʻnalishi, Futbol guruhi tinglovchilariga “Pedagogning tayanch kompetensiyalari” mavzusidagi namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

