Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida Maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda uchrashuv tashkillandi.
Joriy yilning 23-fevral kuni Fargʻona filialida Fargʻona shahrida joylashgan 10-Maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy barkamolligi, intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida uchrashuv tashkillandi.
Uchrashuvda bolajonlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Filial Axborot resurs markazi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan kutubxona fondida mavjud kitoblar, kitobxonlarga yaratilgan imkoniyatlar, oʻquv zali sharoitlari bilan batafsil tanishtirildi. Soʻngra “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi U.Azimov filialning shaxmat xonasi, milliy qadriyatlarimizni targʻib qiluvchi xona, olimpiya bilim asoslari xonalari bilan tanishtirib oʻtdi.





