Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida mahorat darsi tashkillandi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan trenerlar uchun maʼlumotlarni qidirish, toʻplash, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish qobiliyati muhim kasbiy koʻnikmaga aylangan. Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi A.Rahmatjonov tomonidan “Futbol” guruhi tinglovchilariga “Internet xizmatlaridan foydalanish” mavzusidagi mahorat darsi davomida Futbol trenerlari faoliyatida axborot bilan ishlash bosqichlari, futbol trenerlari uchun zamonaviy onlayn dastur va platformalar, virtual reallik texnologiyalari, bulutli texnologiyalar haqida soʻz yuritdi. 
Davra suhbati davomida zamonaviy futbol murabbiyi nafaqat maydonda, balki raqamli maydonda ham oʻyin olib borishni talab qilishi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan, ayniqsa internet va uning xizmatlaridan oqilona foydalana olish muhimligi taʼkidladi.