Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida mahorat darsi tashkillandi.

Joriy yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Turli sport jarayonlarida ovqatlanish”  mavzusidagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Mahorat darsini “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti F.Abduvaliyeva olib bordi. Mahorat darsida Fargʻona filiali direktor oʻrinbosari v.b. O.Qambarov, “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri N.Yuldasheva, Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi  X.Madaminov hamda filial professor- oʻqituvchilari, tinglovchilar ishtirok etdi.