Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida mahorat darsi

Institutning Fargʻona filiali malaka oshirish kursining yanvar oyi tinglovchisi, Farg‘ona viloyati, Furqat tumani sport maktabi Boks sport turidan oliy toifali trener Axmedov Ramz Mo‘ydinovich tomonidan Fargʻona filialida  “Boks” guruhi tinglovchilari ishtirokida “Boks sport turida taktik tayyorgarliklar ” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mazkur mahorat darsi davomida R.Axmedov boks sportida taktik tayyorgarlikning ahamiyati, jang davomida raqib harakatlarini to‘g‘ri tahlil qilish, hujum va qarshi hujum taktikalari, ringda joylashuvni to‘g‘ri tanlash hamda musobaqa jarayonida tezkor va samarali qaror qabul qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.