Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida mahorat darsi
Institutning Fargʻona filiali malaka oshirish kursining yanvar oyi tinglovchisi, Qo‘qon shahar 2-son sport maktabi Belbog‘li kurash sport turidan sport ustaligiga nomzod, oliy toifali trener Abdubannoyev Ruhilloh Xaydarovich tomonidan Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Belbog‘li kurashda texnik usullar” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mazkur mahorat darsi davomida trener R. Abdubannoyev belbog‘li kurash sport turida qo‘llaniladigan asosiy va murakkab texnik usullar, ularni bajarish ketma-ketligi, har bir usulning samaradorligi hamda musobaqa jarayonida to‘g‘ri qo‘llash jihatlari bo‘yicha nazariy va amaliy tushuntirishlar berdi. Shuningdek, texnik harakatlarni bajarishda sportchining muvozanati, kuch va tezlikni to‘g‘ri taqsimlash, raqib harakatlariga moslashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
/photo_2026-02-02_09-25-51.jpg)
/photo_2026-02-02_09-25-56.jpg)
/photo_2026-02-02_09-26-03.jpg)