Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida mahorat darsi

Institutning Fargʻona filiali malaka oshirish kursining yanvar oyi tinglovchisi, Namangan viloyati, Pop tumani 1-son sport maktabi Belbog‘li kurash sport turidan sport ustasi Mamasidiqov G‘iyos Mamasaid o‘g‘li tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan “Samo” sport majmuasida  “Belbog‘li kurash sport turida oyoq  chalish bilan uloqtirish uslubi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mazkur mahorat darsi davomida G‘.Mamasidiqov belbog‘li kurashda keng qo‘llaniladigan va musobaqa jarayonida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan oyoq chalish bilan uloqtirish uslubining texnik-taktik jihatlari,  muvozanatni saqlash, raqib harakatini oldindan sezish masalalari yuzasidan batafsil nazariy tushuntirishlar berdi. Shuningdek, mashg‘ulotning amaliy qismida mazkur uslubni to‘g‘ri va samarali bajarish bo‘yicha ko‘rgazmali mashqlar namoyish etilib, sportchilar tomonidan bajarilgan harakatlar tahlil qilindi.