Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida mahorat darsi

Institutning Fargʻona filiali malaka oshirish kursi yanvar oyi tinglovchisi, O‘zbekiston tumani sport maktabi Voleybol sport turidan birinchi toifadagi trener, milliy toifadagi hakam Nishonova Gulbaxor Baxromovna tomonidan Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida  “Hujumda qo‘llaniladigan yakka tartibdagi harakatlarga o‘rgatish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mazkur mahorat darsi davomida G.Nishonova voleybol sportida hujum jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi yakka tartibdagi texnik-taktik harakatlar, ularning bajarilish ketma-ketligi, samaradorligini oshirish usullari hamda o‘yin jarayonida to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha batafsil nazariy tushuntirishlar berdi. Shuningdek, hujumchilarning individual mahoratini rivojlantirish, sakrash texnikasi, zarba berish aniqligi va qaror qabul qilish tezligini oshirishga qaratilgan amaliy mashqlar namoyish etildi.