Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida mahorat darsi
Institutning Fargʻona filiali malaka oshirish kursining yanvar oyi tinglovchisi, Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Belbog‘li kurash sport turidan oliy toifadagi trener, xalqaro toifadagi sport ustasi Abdumalikov Nodir Ilhom o‘g‘li tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan “Samo” sport majmuasida “Belbog‘li kurashda ta’qiqlangan usullar” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mazkur mahorat darsi jarayonida N.Abdumalikov belbogʻli kurash sport turida amaldagi xalqaro qoidalar asosida ta’qiqlangan texnik harakatlar, xavfli usullar va ularning salbiy oqibatlari haqida batafsil nazariy hamda amaliy ma’lumotlar berdi. Shuningdek, ushbu usullarning sportchilarning salomatligiga, musobaqa natijalariga hamda sport etikasi va intizomiga ko‘rsatadigan ta’siri keng yoritildi.
/photo_2026-02-02_09-23-22.jpg)
/photo_2026-02-02_09-23-26.jpg)
/photo_2026-02-02_09-23-18.jpg)