Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida mahorat darsi
Institutning Fargʻona filiali malaka oshirish kursining yanvar oyi tinglovchisi, Quva tumani sport maktabi Turon yakka kurashi sport turidan I toifadagi trener, sport ustasi Raimov Xumoyunmirzo Abduqayum oʻgʻli tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan “Samo” sport majmuasida “Turon yakka kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik vositalari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mazkur mahorat darsida X.Raimov tomonidan Turon yakka kurashi sport turi boʻyicha sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik tizimi atroflicha yoritib berildi hamda zamonaviy tayyorgarlik vositalari, mashqlar majmuasi va ularning organizmga taʼsiri yuzasidan ham nazariy bilimlar, ham amaliy koʻnikmalar uygʻunlikda namoyish etildi.
/photo_2026-02-02_09-23-14.jpg)
/photo_2026-02-02_09-23-10.jpg)
/photo_2026-02-02_09-23-05.jpg)