Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Oʻzbek xalqining ulugʻ shoiri va buyuk mutafakkiri Hazrati Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida yangi sotib olingan badiiy adabiyotlar koʻrgazmasi va tadbir tashkillandi.
Tadbirda barcha filial professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari qatnashdilar. Butun umrini turkiy tilning nufuzini koʻtarish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, mushtarak tushunchalar mehr-oqibat, doʻstlik, insoniylik, vatanparvarlikni tarannum etish hamda haqiqat va adolatni qaror toptirishga bagʻishlagan hazrat Navoiy bizning hurmatimiz, eʼtirofimiz, eʼzozimizga hamisha munosib.Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotining eng yuksak choʻqqisidir, barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir.
/photo_2024-02-26_10-11-43.jpg)
/photo_2024-02-26_10-11-57.jpg)
/photo_2024-02-26_10-11-04.jpg)