Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz boʻlish” mavzusida onlayn davra suhbati oʻtkazildi
Joriy yilning 18-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz boʻlish” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Unda f.f.b.f.d., (PhD) U.A.Azimov tomonidan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishga qaratilgan davlat siyosati haqida tinglovchilarga maʼlumotlar berib oʻtildi. 
Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.