Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 14-may kuni Fargʻona filialida  “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.
 Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi mutaxassisi, 3-darajali yurist Sobirjon Meliboyev, filial professor-oʻqituvchilari hamda “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishi  tinglovchilari ishtirok etdi.
 Suhbat davomida:
•Korrupsiya — bu mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish ekani,
•Bu illat tarixda qadimdan mavjud boʻlib kelayotgani,
•Undan himoyalanishda huquqiy bilim va taʼlim muhim rol oʻynashi haqida soʻz bordi.
• Yakunda S.Meliboyev  korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyat va davlatning birgalikdagi harakati muhimligini taʼkidladi.
Suhbat ochiq va bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi. Tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.