Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “Korrupsiya – millat zavoli” mavzusida davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 22-aprel kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Korrupsiya – millat zavoli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Sardorbek Iminov, Fargʻona shahar IIOFMB 1-son profilaktika inspektori Azizbek Qambarov, filial professor-oʻqituvchilari hamda “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi. Suhbat davomida korrupsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy zararli oqibatlari muhokama qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻllari haqida fikr almashildi.
Tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.


