Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida kitobxonlik soati tashkillandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligi topshirig‘i bilan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda, kitobxonlikka doir targ'ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida juma kuni “Kitobxonlik kuni” deb belgilandi. Shu munosabat bilan, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali axborot resurs markazi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan filial professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari ishtirokida kitobxonlik soati tashkillandi.
Kitobxonlik soatida filial professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari ishtirokida filial axborot resurs markazi fondidagi badiiy hamda siyosiy adabiyotlar mutolaasi tashkillandi.
Kitob – zamonlar toʻlqinida suzuvchi, oʻzidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga roʻshnolik kiritib, ezgu tuygʻularni uygʻotmoqqa qodir.


